"Byornli" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning "Byornli" klubi darvozabon Nik Poup bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 27 yoshli posbon 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Ta’kidlash kerakki, Poup elkasidagi jarohat sabab mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Byornli” bu mavsum APLni 40 ochko bilan 15-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar