Charlyz Oliveyra va Diego Lopes jangida kim g‘olib bo‘ladi?
Avstraliyalik UFC jangchisi Robert Uittaker ikki Braziliya vakili – Charlz Oliveira va Diego Lopes to‘qnashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, Diego bo‘lajak bahsda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatadi. Oliverani, boshqalar kabi, men ham juda hurmat qilaman, lekin bu safar Charlzda odatdagidek parterda katta ustunlik bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Lopesning juda xavfli, hujumkor jiu-jitsu mahorati bor. U raqib nazoratida ham bo‘shliq topib, o‘zini qutqaradi va yana "stoyka"ga qayta oladi", — deya Uittakernig so‘zlarini keltirdi "FREAK.MMA" sahifasi.
Eslatib o‘tamiz, Charlz Oliveira va Diego Lopes bellashuvi 12 dekabr kuni "UFC 335" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar