"Chelsi" yetakchisi "Real"ga o'tishga rozi bo'ldi
"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez Madriddning "Real" klubiga o'tishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqida jurnalist Eduardo Inda xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, argentinalik havbek "Real" jamoasiga qo'shilish istagi borligini yetkazgan. Enzo "qirollik klubi" safida o'ynash orzusi ekanligini ispan grandiga aniq ravshan qilib aytgan.
25 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 85 million evroni tashkil etadi. Uning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Fernandez joriy mavsum London klubi safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar