“Chelsi” yanvar uchun beshta superfutbolchi tanlab qo‘ydi
“Chelsi” uchun yozgi transfer oynasi juda muvaffaqiyatli o‘tdi: rekord darajadagi sotuvlar, tarkibning kuchaytirilishi va aniq maqsadli transferlar amalga oshirildi.
Biroq bitta muammo qoldi – “Manchester Siti”ga 145 million yevro evaziga ketgan Enzo Fernandezning o‘rnini bosish masalasi ochiq qoldi. Klub yozgi transferlarning oxirgi pallalarida ikki o‘yinchi olishga harakat qildi.
Ammo Lamin Kamara bo‘yicha kelishuv so‘nggi lahzada amalga oshmay qoldi, Manu Kone esa “Roma”da qoldi. Natijada sifatli markaziy yarim himoyachilar yetishmovchiligi yuzaga keldi.
Xabi Alonso vaziyatdan chiqish yo‘lini izlashga majbur va yanvar oyi yangi transfer uchun qulay vaqt bo‘lishi mumkin. Sports Illustrated nashri Fernandezning o‘rniga “Chelsi” qishda tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi nomini keltirdi.
Bu ro‘yxatga Frenki de Yong (“Barselona”), Manu Kone (“Roma”), Adam Uorton (“Kristal Pэlas”), Lamin Kamara (“Monako”) va Aleks Skott (“Bornmut”) kiritildi.

Fikrlar