"Chelsi"dan ishonchli g‘alaba
Premer-Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Bornmut" uchrashuvi yakuniga etdi. "Aristokratlar" o‘yinni to‘liq nazoratiga oldi. 16-daqiqada Kai Xaverts Raxim Sterlingning pasidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqaga kelib Meyson Maunt hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi.
Yaqindagina safga qaytgan Ris Jeyms 53-daqiqada yana jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
Shu tariqa, "Chelsi" turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bornmut" esa 14-o‘rinni band qilib turibdi
Fikrlar