Coca-Cola kompaniyasi Ronalduning harakatlariga javob qaytardi
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan The Coca-Cola Company Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga Vengriya bilan o‘yin oldidan (3:0) o‘tkazilgan matbuot anjumanida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan gazli ichimliklarni chetga surib qo‘yganiga munosabat bildirdi.
Coca-Cola o‘zining bayonotida "har kimning ichimliklarga nisbatan o‘z tanlovi borligini" va har kimning "didi va ehtiyojlari" turlicha ekanligini ta’kidlagan.
Bir kun oldin turli ommaviy axborot vositalari Ronalduning imo-ishorasi tufayli Coca-Cola 4 milliard dollar yo‘qotganligi haqida ma’lumot tarqatishdi, ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ronaldu bundan avval ham Coca-Cola va Pepsi ichimliklarini iste’mol qilmasligi haqida bir necha bor aytgan. U hech qachon bu ichimliklarni reklama qilmagan va o‘g‘liga ham bu ichimliklarni ichishni taqiqlagan.
Fikrlar