David Alaba mavsum yakunida “Real”ni tark etadi
Himoyachi David Alaba kelasi mavsumdan boshlab “Real Madrid” safida harakat qilmaydi.
Madrid klubi rasmiy sayti orqali avstriyalik futbolchi bilan xayrlashishini ma'lum qildi. 33 yoshli himoyachining “qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi yakunlanmoqda va tomonlar uni uzaytirmaslikka qaror qildi.
Shu tariqa, Alaba erkin agent maqomini oladi va istalgan jamoaga tekiniga o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, futbolchi 2021 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u madridliklar safida 131 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta assist qayd etgan

Fikrlar