Doniyor Abdumannopov endi "So‘g‘diyona" sharafini himoya qiladi

  • 02.02.2022 22:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol

Andijonlik 22 yoshli iste’dodli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov yaqinda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qo‘shilgani yuzasidan xabar bergandik.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi “So‘g‘diyona” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida uning o‘zi Sports.uz muxbiriga aytdi. Ayni chog‘da Doniyor jizzaxliklarning mashg‘ulotlarida faol ishtirok etyapti.

“Andijon” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan o‘yinchining oxirgi klubi Belarus chempionati vakili – “Energetik-BGU” jamoasi edi. O‘tgan yili yozda ushbu klubga ko‘chib o‘tgan futbolchi jarohati sababli uzoq qolmadi. Endi esa omadini “So‘g‘diyona” klubida izlab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/02/2022 00:16
Zur uyinchi. Sugdiyona muhlislarini tapriklayman chunki zur uyinchi kelapti. uyinlarini kuruvdim.
&
03/02/2022 07:24
Нимаси зур факат алдайди лекин гол урмайди ёки гол уришни хохломайди
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/02/2022 14:58
Uzi shunoqa uyinchi kamayib ketaptida. hamroylari yahshi qushilib ketsa. uni kuchli jihatlari kup. uziz malum ayrim kamandala avtobus bulib yotib oladi. ushanoqa mamentka. 16 ichiga yorib keradigan ijrochila kerak. lekin Sugdiyona uyinniga moslashi qiyin masala chogim. nima bulganda ham. yahshi uyinchi. shunchaki unga. mos klub tushsa. uyinni zur chiqadi