Donnarumma: Hafa bo‘ldim, men bir chaqa ham so‘ramaganman!

  • 10.04.2026 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma uning sardorligidagi Italiya middiy terma jamoasi futbolchilari 2026 yildgi jahon chempionati saralash bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyin oldidan katta moliyaviy mukofot talab qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

La Repubblica nashri maʼlumotiga koʻra, hal qiluvchi saralash oʻyini oldidan Italiya terma jamoasi futbolchilari 300 ming yevro miqdorida bonus talab qilgan, bu 28 nafar chaqirilgan futbolchining har biriga taxminan 10 ming yevrodan toʻgʻri keladi.

Italiyaliklar saralash bosqichining hal qiluvchi oʻyinida bosniyaliklarga yutqazishdi (1:1, penaltilar boʻyicha 1:4).

Shu tariqa, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatini oʻtkazib yubormoqda. Italiyaliklar soʻnggi bor 2014 yil Braziliyadagi boʻlib oʻtgan mundialda ishtirok etgan.

-  Bu barcha italiyaliklar uchun boʻlganidek, juda ogʻir va charchatuvchi kunlar boʻldi. Biz barchamiz jahon chempionatiga chiqishni juda istardik, ammo afsuski, buni uddalay olmadik va buni qabul qilishimiz kerak. Oldinga harakat qilishimiz zarur, garchi bu ogʻriqli boʻlsa-da, juda ogʻriqli.

Meni biz talab qilgan boʻlishi mumkin, deb aytilgan bonuslar haqidagi izohlar va mish-mishlar ranjitdi.

Sardor sifatida men hech qachon Italiya terma jamoasidan bir yevro ham soʻramaganman. Boshqa musobaqalarda boʻlgani kabi, terma jamoa turnirga yoʻl olgan futbolchilarga sovgʻalar beradi, xolos.

Hech kim federatsiyadan hech narsa soʻramagan: bizning eng katta “sovgʻamiz” jahon chempionatiga yoʻllanma boʻlar edi, ammo biz u yerga chiqa olmadik. Tashqariga chiqqan gaplar meni ranjitdi. Yana bir bor taʼkidlayman: hech kim hech qanday bonus talab qilmagan,- dedi Donnarumma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!