EChL 2-turida Marseloning o‘ynashi so‘roq ostida, Isko esa bahsda qatnashishi mumkin
La Liga doirasida kechgan "Atletiko" - "Real" (0:0) qarama-qarshiligidan so‘ng, "Real" yakshanba kuni mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
Derbida ishtirok etgan futbolchilar tiklanish mashqlarini o‘tkazishdi. Jamoaning qolgan futbolchilari ko‘proq mehat qilishdi.
Taxmin qilinishicha, Isko Chempionlar Ligasining 2-turida "Bryugge"ga qarshi bahsda ishtirok etadi.
Marselo esa yakka tartibda mashg‘ulotlarni o‘tkazdi va u maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.
Fikrlar