Ekspert: Gasperini Shomurodov sabab tirnog‘ini tishlab o‘tiribdi
Qozog‘iston terma jamoasining sobiq darvozaboni Almat Bekbaev Sports.kz nashri bilan suhbatda 26-tur bahslaridan so‘ng Qozog‘iston Premier-ligasidagi chempionlik uchun kurashayotgan «Ordabasy» va «Qayrat» jamoalarining imkoniyatlarini baholadi.
— «Tobol»dan mag‘lubiyatga qaramasdan, «Qayrat»ning chempionlikka da’vosi hali juda yaxshi. Chunki «Ordabasy» ham hamisha ham mukammal o‘ynamayapti, ba’zan ochko yo‘qotib qo‘yadi. Bir ochkolik farq juda kichik ustunlik, xolos. Shimkentliklar bir marta qadamdan adashsa, almatiliklar yana peshqadamlikni qo‘lga kiritishlari mumkin. Qolaversa, «Ordabasy»ni mavsum yakunida oson bo‘lmagan raqiblarga qarshi murakkab taqvim kutyapti, — deya ta’kidladi Bekbaev.
Hozirgi paytda «Ordabasy» 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Qayrat» esa undan atigi bir ochkoga orqada bormoqda. Chempionatning 27-tur uchrashuvlari 17 va 18 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar
у алдамайди, хиёнат килмайди