Ekvador Meksika bilan o'yin bo'yicha FIFAga rasmiy shikoyat qildi
Ekvador futbol federatsiyasi Meksikaga qarshi 1/16 final uchrashuvi oldidan yuz bergan voqealar yuzasidan FIFAga rasmiy murojaat qildi.
Maʼlum qilinishicha, meksikalik muxlislar Ekvador jamoasi mehmonxonasi oldida tun bo‘yi shovqin qilgan, ayrim futbolchilar esa tahdidlarga uchragan. Federatsiya ushbu holatlar bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazilishini talab qildi.
Maʼlumot uchun, mazkur bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi

Fikrlar