Eldor Sakaev: "Jamoada katta o‘zgarish bo‘ladi"
“Mash’al” klubida mag‘lubiyatli seriya davom etadi. Chempionatning 11-turida ham muborakliklar quruq qo‘l bilan qaytishdi. Bu safar Samarqandda “Dinamo”ga 3:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Uchrashuvdan keyin “Mash’al” bosh murabbiyi Eldor Sakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Mag‘lubiyatlar seriyasi davom etmoqda - jahon rekordi, boshqacha fikr bildirish mumkin emas. Gollar o‘tkazmoqdamiz, “Buxoro” bilan o‘yinda 85-daqiqagacha ushlab turdik. Tezkor hujumda xatoimiz tufayli gol o‘tkazdik, keyin penal’tidan. Bunday futbol qoidalariga amal qilish kerak, bunday burilish bilan futbolni aldab bo‘lmaydi. Aytaymanu, jahon rekordi, bu. Yana nima ham derdim, juda yomon.
- Klub hozirgi qiyin ahvoldan qanday chiqib ketadi?
- O‘zgarish bo‘ladi, sababi yana shu holatda davom etish qiyin. Juda katta o‘zgarish bo‘ladi, jamoada.
- Ikkala bo‘limdagi o‘yin haqida nima deya olasiz?
- Dastlab 3 himoyachi bilan boshladik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, 20 daqiqadan o‘zgarish qildik - 4 ta himoyachiga o‘tdik. O‘rta va qanotlarni sal oldiga chiqardik. Yana xatoga yo‘l qo‘ydik. “Buxoro” bilan bo‘lgani kabi bizning o‘yinchilarimizning jismoniy holati yaxshi darajada emas, ruhiy holati ham. Bunday xatolarni hatto bollalar futbolida ham qilish mumkin emas. Biz esa buni qilyapmiz. “Mash’al” doim tajovuzkor jamoa bo‘lgan. Agar sen Superligaga mos jamoa bo‘lishni istasang hamma parametiriga mos javob berishing kerak. Yakka kurashlarda, to‘p uchun kurashda yutib chiqish kerak, hech bo‘lmaganda 60 foizga. Biz esa juda ko‘p xatolar qilyapmiz.
- Aslida jamoa o‘yini yomon emas. Balki yaqinida iste’foga chiqarilgan Igor Surovni olib kelish xato bo‘lgandir?!
- Bu haqida ayta olmayman. Har bir murabbiyni tayyorgarlik sistemasi bo‘ladi. U shu sistema bo‘yicha ishlagan, yig‘inlarni yaxshi o‘tkazgan. Agar omadli chiqmadimi, demak tayyorgarlik yaxshi bo‘lmagan. Ruhiy holatni ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. 11 ta tur o‘tkazdik, faqat xatolar, oddiy holatda to‘pni yo‘qotib orqaga qaytib bekordan katta kuch yo‘qotayapmiz. Muvozanat yetishmayapti, oxirida gol o‘tkazyapmiz.
- Makedoniyalik legioner nega ko‘rinmay qoldi?
- Makedoniyalik legionerimiz jarohat olgan. Davolanish jarayonida. Tajribali futbolchi tizzasidan jarohatini tiklamoqda.
- Oldinda O‘zbekiston Kubogi bahslari bo. Balki Kubok o‘yinlari orqali jamoaning ruhiy holatini tiklash mumkindir?
- Albatta, bundan ruhiy holatdan g‘alaba orqali chiqish mumkin. Hozirda bizda 8 nafar har xil holatdagi jarohat olgan futbolchilar bor. Bu safar Abdug‘aniev o‘ynadi. Jarohat olganlarni o‘rnini to‘ldirish uchun U21 jamoasidan ham qo‘shdik. Kubok o‘yinlarda g‘alaba qozonish orqali vaziyatdan chiqish kerak.
- Klubning moliyaviy holati qanaka?
- Moliyaviy holat bo‘yicha rahbariyat shug‘ullanadi. Lekin bunday holatdagi jamoa bitta biz emas. Vahimaga hojat yo‘q, muammo - o‘yinlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solishimiz lozim.

Fikrlar