Eron terma jamoasi hujumchisi jarohat oldi. U O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

  • 16.11.2025 20:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Rostov" vingeri Muhammad Mohebbi Eron terma jamoasi safida mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Erfan Husayniy xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi Kabo-Verdega qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘zini yomon his qilgan. Mohebbi mazkur o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va penaltilar seriyasida ham gol urdi.

Mohebbi allaqachon terma jamoani tark etgan. U 2023 yil yozidan beri "Rostov" safida o‘ynab kelmoqda. Bu mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!