Federiko Valverde Karlo Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • 02.04.2026 14:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Federico Valverde jamoaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida samimiy fikr berdi. Ayni paytda italyalik mutaxassis Braziliya milliy terma jamoasini boshqarmoqda.

"Anchelotti mening futbolchi sifatida o‘sishimga katta yordam berdi. U menga futbol olamida porlashim, o‘zimga ishonishim uchun yo‘l ochib berdi. Men uni oilam a’zosidek bilaman, juda yaxshi ko‘raman. Umid qilamanki, bir kuni yana birga ishlaymiz.

Men faoliyatim davomida ishlagan barcha murabbiylar orasida Anchelotti eng universal mutaxassis", — dedi Valverde "Madrid Extra" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti "Real"ni 2013–2015 va 2021–2025 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar 15 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan, jumladan 3 marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!