Futbolchi ham shunchalar omadsiz bo‘ladimi?
Kataloniyada “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “Atletiko” hujumchisi Diego Kostadan omad tamoman yuz o‘girdi.
Uchrashuv qahramoniga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchi o‘yinning 12-daqiqasida o‘z darvozasiga chiroyli gol urib qo‘ydi. Bu Kostaning yuqori divizionlardagi 283 ta uchrashuvidagi ilk avtogoli sifatida tarixga mixlandi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tib, unda o‘zini oqlash uchun zo‘r imkoniyat paydo bo‘ldi. Biroq, Diego Kosta 11-metrlik jarima zarbasini ham aniq bajara olmadi.
O‘yin 2:2 hisobida durang bilan tugadi.
Fikrlar