Gavi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi tizzasidan olgan jarohati tufayli olti haftaga safdan chiqishi mumkin.
“Marca” nashrining xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi hozirda davolanmoqda va bir yarim oy maydonga tusha olmaydi. Yarim himoyachi jarrohlik amalyotini boshdan kechirishi ham mumkin. Hafta so‘ngida futbolchini holatini baholash uchun yangidan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu eski jarohatning qaytalanashi emas, yangi shikastlanish og‘riq o‘ng tizzaning boshqa qismida joylashgan. 2023 yilning kuzida Gavining xojsimon bog‘lami uzulib ketgan edi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda 2 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta goli uzmatni amalga oshirgan. Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi og‘riq bezovta qilgani sababli La Liganing 3-turida “Rayo Valekano” ga qarshi uchrashuvda va Ispaniya terma jamoasi o‘yinlarida ham ishtirok etmadi.
Fikrlar