Gordon "Arsenal" diqqat markazida: Transfer 80 million funtga baholanmoqda

  • 18.04.2026 12:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, "Nyukasl Yunayted" vingeri Entoni Gordon yozgi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirish niyatida.

Maʼlum qilinishicha, "Arsenal" yozda chap qanot hujumchisi izlashni rejalashtirmoqda. Bunga sabab — Leandro Trossard va Gabriyel Martinellining joriy mavsumdagi barqarorsiz oʻyini. Ikki futbolchi ham mavsumni yaxshi boshlagan boʻlsa-da, soʻnggi oylarda ularning formasi pasayib ketdi.

Manbaga koʻra, londonliklar Gordonga anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. "Qargʻalar" esa oʻz futbolchisini 80 million funt sterling atrofida sotish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda Gordon Angliya Premier-ligasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!