Gvardiola alamli mag‘lubiyat sababini topdi

  • 23.11.2025 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-Ligasining 12-turida “Manchester Siti” safarda “Nyukasl” bilan kuch sinashib, o‘yinda 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchratdi. “Qarg‘alar”ning ikki goliga Barns mualliflik qilgan bo‘lsa, yagona javob to‘pi Diash hisobiga yozildi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi.

- Bor kuchimizni berdik. Oldingi ikki oydagidek, olg‘a qadam bosishni istagandik. Ammo xalqaro tanaffusda terma jamoalar o‘yinlaridan keyin ijobiy natijani qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Ohir va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish kerak.

O‘yin juda murosasiz o‘tdi, har ikki jamoada ham g‘alaba qozonish uchun etarlicha imkoniyat bo‘ldi. Donnarumma juda zo‘r o‘ynadi.

Biz o‘zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik, qolaversa, ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkala tomonda etarlicha imkoniyat bo‘ldi, ammo natijaga erisha olmadik, - dedi Xosep Gvardiola.

“Nyukasl” bilan bo‘lgan uchrashuvda Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, zaxirada qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!