Gvardiolaning sevimli o‘yinchisi jamoani qattiq tanqid qildi
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Brayton”dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin “Oltin to‘p” sohibi Rodri o‘z jamoasini xatolar tufayli keskin tanqid qildi.
- Men xafaman, chunki biz bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun kelgan edik, amalda esa, hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Biz anchadan beri o‘z darajamizga o‘zimiz to‘g‘ri kelmayapmiz. Saviyamizni tiklash uchun hamma o‘zini qo‘lga olishi kerak.
Uchrashuvni yaxshi boshladik. Ikkinchi bo‘limda biroz sustlashdik. “Brayton” o‘z uyida bosim qilishi tabiiy. Ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va hisob 1:2 ga aylandi.
Biz o‘z darajamizda o‘ynay olmayapti. Jamoadagi o‘zgarishlar ta’mir ko‘rsatyapti. Yangi o‘yinchilar tezroq moslashib olishi kerak. Biroq o‘zgarishlar tez ro‘y berayotgan jarayonda bu juda qiyin. Hozir borimiz shu va bu o‘zimizni oqlash emas. Bunaqada hech narsaga erisha olmaymiz.
“Brayton”ga qarshi zo‘r o‘ynadik, demayman. Lekin yutishimiz kerak edik. Chunki ikkita golni ham o‘zimio‘ning qo‘pol xatomiz tufayli o‘tkazdik. Ayrim xatolarimiz yosh bolanikiga o‘xshaydi. Bu vaziyatda oddiygina diqqatni jamlash va e’tibor etishmadi.
Agar sovrinlar uchun kurashishni istasak, o‘z o‘yinimiz saviyasini va jamoa darajasini ko‘tarish kerak, - dedi Rodri.

Fikrlar