Harri Keyn keladi! “Siti” supertransferga qo‘l urdi
Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn “Manchester Siti”ning qiziqish doirasiga tushgan.
TEAMtalk nashri ma'lumotiga ko‘ra, Angliya grandi “Bavariya” rahbariyati bilan Keynning vaziyatini muhokama qilgan. “Shaharliklar” hujumchining kelajagini diqqat bilan kuzatmoqda, chunki u haligacha klub bilan yangi shartnoma imzolamagan.
Keynning amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolgan, ammo “Bavariya” o‘zining asosiy goleadorini saqlab qolishiga ishonmoqda.
O‘tgan mavsumda 32 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 61 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, Harri Keynning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar