Husanovga juda yuqori ball berishdi

  • 18.09.2026 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya ligasi kubogi doirasidagi «Norvich Siti»ga qarshi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. 

Enzo Mareska bu gal 22 yoshli o‘zbek futbolchisini himoya markazida o‘ynatdi. Bungacha Abduqodir zarur paytlarda himoyaning har ikki qanotida o‘ynab kelaotgan edi. 

Manchesterliklar o‘z maydonidagi uchrashuvda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va javobsiz beshta gol urdi. 

Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoya chizig‘i «Norvich Siti» vakillariga o‘z darvozasini ishg‘ol qilish imkonini bermadi.

Legionerimizning bexato va faol o‘yini juda yuqori baholandi. 

Uchrashuvda to‘liq o‘ynagan Husanovning «quruq» g‘alabani qo‘lga kiritishdagi hissasi katta bo‘ldi. Statistik ko‘rsatkichlarga ixtisoslashgan Flashscore portali o‘zbekistonlik futbolchining maydondagi faoliyatini 8,1 ballga baholadi. 

Ushbu ko‘rsatkich bilan Husanov jamoadoshi Ayub Buaddi bilan birgalikda jamoa ichidagi reytingda to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishib oldi — har ikki futbolchiga ham 8,1 ball qo‘yildi. 

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi ikki gol muallifi Floyd Samba deb topildi — 8,4 ball. Bitta­dan gol urgan Rayan Sherki va Allan esa 8,2 balldan oldi. «Manchester Siti» tarkibidagi yana bir golga Rayan MakAydu mualliflik qildi. 

Yirik hisobdagi g‘alaba tufayli «Siti» Angliya ligasi kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda jamoa «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!