Husanovni boshqa klubga tavsiya qilishdi!

  • 16.09.2026 06:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» klubining sobiq skauti Nikolas Chinalli o‘z vaqtida jamoa rahbariyatiga oʻzbekistonlik futbolchi Abdukodir Xusanovni taklif etganini maʼlum qildi, deb xabar beradi Sports.kz, ASnews.kz manbasiga tayanib.

«Jahon chempionatida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oʻyinlarini kuzatar ekanman, Xusanov darhol eʼtiborimni tortdi. Unda uchta asosiy jihat juda yoqdi: tezlik, jismoniy kuch va maydondagi diqqat. Abdukodir “Manchester Yunayted” uchun juda mos futbolchi, deb oʻylardim — oʻsha paytda butun jamoasi jangovar ruhda edi», — deya eslaydi 47 yoshli mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil yanvar oyida oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Abdukodir Xusanov «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga oʻtdi. Transfer qiymati 40 million evroni tashkil etdi. Shu tariqa 22 yoshli futbolchi Angliya Kubogi va milliy chempionat sovrindoriga aylandi.

2023 yildagi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Markaziy Osiyo vakili boʻlgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 1/8 final bosqichida toʻxtab qolgandi. Oʻsha bahsda jamoa Isroilga 0:1 hisobida mag‘lub boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!