Husanovning “Everton”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
APLning 35-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” safarda “Everton” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
O‘yindan so‘ng turli statistik portallar uning o‘yini baholadi. Xususan, “Fotmob” Husanovni 6.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, “Sofascore” unga 6.6 ball qo‘ydi. Shuningdek, “Flashscore” hamyurtimizga o‘yini 6.7 ballga baholadi.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar”ning ochkolari soni 71 taga yetdi va ular peshqadam “Arsenal”dan 5 ochkoga ortda bormoqda

Fikrlar