Jahon chempionati tayyorgarligi AQShlik futbolchining to‘yiga halaqit berdi

  • 05.06.2026 21:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh milliy terma jamoasi a’zosi Brenden Aaronson Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni sabab to‘yini deyarli o‘tkazmay qolishiga bir bahya qoldi.

Futbolchi va uning rafiqasi nikoh marosimini 30 may kuniga rejalashtirgan edi. Avvalroq terma jamoa yig‘ini 1 iyundan boshlanishi aytilgan, ammo keyinchalik murabbiylar shtabi yig‘in sanasini oldinga surdi.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Maurisio Pochettino vaziyatni inobatga olib, Aaronsonga to‘yda qatnashish uchun ruxsat bergan.

Natijada futbolchi Feyetvilldan Nyu-Jersi sohiligacha 800 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. Shundan keyin yana yig‘in joyiga qaytib, Sharlott shahrida Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga yetib bordi.

Qiziqi shundaki, Pochettino Senegalga qarshi uchrashuvda Aaronsonni zahirada qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!