Javohir Husanov: "Ochig'ini aytganda, O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olishimni kutmagandim"
O‘zbekiston MTJ safida yanvar oyidagi o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarida ishtirok etib, ikkita uchrashuvda ikkita gol urishga erishgan Javohir Husanov terma jamoamizga chaqiruvı, terma jamoa bosh murabbiyi va o‘yinlar haqida "Qo‘qon-1912" jamoasining matbuot xizmatiğa qisqa intervyu berdi.
- Javohir, O‘zbekiston MTJda debutingiz bilan tabriklaymiz. Birinchi navbatda terma jamoaga qachirilishingizni qanchalik kutgandingiz?
- Avvalambor assalomu alaykum! Ochig‘ini aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olishimni kutmagandim. Birinchi marta mamlakatimizning bosh terma jamoasiga chaqiruv olganimdan xursandman.
- Terma jamoa libosini kiyganingizda qanday xis tuyg‘ular o‘tdi?
- Mamlakatimizning bosh jamoasini libosini kiyish har bir futbolchining orzusi va maqsadi bo‘lsa kerak. Libosni kiyganingizdan keyin buni oqlash uchun harakat kilar ekansiz. Vatan libosida siz katta mas’uliyatni his qilasiz.
- Fabio Kannavaro haqida nima deya olasiz? Umuman, ushbu murabbiyning mahalliy murabbiylardan qanday ajralib turuvchi farqi bor ekan?
- To‘g‘risini aytganda, Mister Kannavaro juda ham kuchli murabbiy ekan. Ushbu yiğinda asosan raqibni pressing qilish bo‘yicha juda ko‘p ishlar olib borildi. Har bir murabbiyning o‘z uslubi va yo‘nalishi bor. O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyning talabchanligini alohida ta’kidlab o‘tishim lozim.
- 2 ta o‘yin va 2 ta gol. Terma safidagi o‘yiningiz haqida nima deya olasiz?
- Har ikki bahsda ham maydonga tushib, har ikkisida ham gol urg‘animdan juda xursandman. Avval aytganimdek, terma jamoaga chaqiruv har bir futbolchining orzusi. Agar futbolchi bosh terma jamoaga chaqiruv olib, yana debutida gol ursa, uning baxti yuz baravar oshib ketadi. Hech bir futbolchi o‘zining o‘yinidan hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Men ham yanada ko‘proq ishlab vatanim uchun borimni berishga harakat qilaman.
Fikrlar