Javohir Sindarov Kaymerni mag‘lub etdi, peshqadamlik uchun uch nafar tenglashdi

  • 23.05.2026 11:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Grand Chess Tour": "Super Chess Classic Romania 2026" — 7-tur. Buxarest, 22 may 2026

7-tur "Super Chess Classic Romania" musobaqasida turnir jadvalidа jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: yagona peshqadam Vinsent Kaymer Javohir Sindarovdan mag‘lubiyatga uchradi. 

Javohir Sindarov Kaymerning xatosidan ustalik bilan foydalanib, o‘zining FIDE Kandidatlar turnirida g‘alaba qozongandan beri birinchi klassik o‘yindagi g’alabasini qo‘lga kiritdi. Tanlovda 2 tur qolgan edi.

Debyut: Ulchshennaya zashchita Tarrascha (Frantsuzskaya zashchita — variant Tarrascha).

Shu kuni Fabiano Karuana Pragnanandhani mag‘lub etdi, Yorden van Forest esa Alireza Firudjaning musobaqadan chekinganligi sababli tex. g‘alaba qozondi. Maksim Vashye-Lagrav — Bogdan-Daniel Deak va Anish Giri — Uesli So uchrashuvlari durang bilan yakunlandi. 

Natijada Karuana va Van Forest Kaymer bilan tenglashib, musobaqada uchta lider paydo bo‘ldi. 

8-turda Karuana va Kaymer o‘rtasida oldingi o‘rinlar uchun jiddiy duel kutilmoqda, Van Forest esa Sindarov bilan o‘ynaydi. 

Musobaqa umumiy sovrin fondi $475,000 ni tashkil etib Ruminiya Milliy banki muzeyida utkpzilmokda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!