Javohir Sindarov: "Oʻyin davomida yutish qiyindek tuyulgandi, lekin yakunda gʻalaba qo‘zondim"

  • 06.05.2026 15:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina Nomzodlar turnirida gʻalaba qozonib, butun shaxmat olamini hayratda qoldirgan Javohir Sindarov hozirda Polshada Grand Chess Tour doirasida dunyo yulduzlariga qarshi dona surmoqda. 

Javohirdan Nomzodlar turniridan keyin vaqtini qanday oʻtkazgani haqida soʻrashganda, u kutilmagan javobni berdi. Uning aytishicha, soʻnggi ikki hafta davomida shaxmatga umuman yaqinlashmagan va vaqtini koʻproq Counter-Strike (CS) oʻynash hamda boshqa ishlar bilan oʻtkazgan. 

"Nomzodlar turniri odamni juda charchatib qoʻyadi, bor kuchingni oladi. Shuning uchun shunchaki miyani dam oldirish kerak edi. Polshadagi turnirga atigi ikki kun qolgandagina tayyorgarlik koʻrishni boshladim.

"Oʻyin davomida yutish qiyindek tuyulgandi, lekin yakunda gʻalaba qozondim. Birinchi kundan koʻnglim toʻldi", - dedi vakilimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!