Joao Pedro "Chelsi"dagi eng hazilkash futbolchini aytdi
“Chelsi” hujumchisi Joao Pedro jamoadagi asosiy hazilkash futbolchi kim ekanini ochiqlandi.
"Mark deyarli gapirmaydi. O'yin boshlanishidan bir necha daqiqa oldin u umuman jim bo'lib qoladi. Ammo har kuni hazil qiladi.
U buni doim qiladi. Menimcha, hazil qilish paytida u g'oyo boshqa dunyoda yashaydi. Lekin maydonda u juda yaxshi futbolchi”, — dedi braziliyalik forvard Rio Ferdinand podkastida.
Eslatib o'tamiz, Mark Kukurelya 2022 yilda “Brayton”dan “Chelsi”ga 65 million yevro evaziga o'tgan edi.
Ispaniyalik himoyachining londonliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. U 2025/26 yildagi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

Fikrlar