Joau Kanselu A Seriyaning so‘nggi turida "Yuventus"ga yordam berolmaydi

  • 22.05.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Joau Kanselu kecha burnidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik futboli A Seriyaning so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Boisi, murabbiylar shtabi uning jarohatini inobatga olib, tavakkal qilishni istashmagan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha Kanselu 5-9 iyun kunlari Portugaliya mezbonligida o‘tadigan UEFA Millatlar ligasi musobaqasining final bosqichida ishtirok etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!