Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi asosiy muammosini nima?

  • 01.07.2026 06:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kamerun milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashchiy Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, Fabio Kannavaro juda qisqa vaqt ichida futbolchilarning imkoniyatlarini toʻliq oʻrganishga ulgurmagan.

"Kannavaro shuncha qisqa vaqt ichida futbolchilarning imkoniyatlarini toʻliq oʻrganishga ulgurmadi. U zamonaviy sxema va taktiklardan foydalanishga harakat qildi, ammo futbolchilar bu talablarni bajara olmadi. Menimcha, jamoa bilan ishlashda Timur Kapadze qolganida ancha toʻgʻri va samarali boʻlardi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi mamlakat futboli rivoji uchun juda katta ishlar qilmoqda. Shuning uchun Kannavaroning kelajagi boʻyicha istalgan qarorni qabul qilishga haqli. Oʻzbekiston terma jamoasi katta oʻsishga erishdi. Futbol orqali butun dunyo ularni tanidi. Ular munosib harakat qilishdi va qoʻllaridan kelgan maksimal natijani koʻrsatishdi", — dedi Nepomnyashchiy.

Eslatib oʻtamiz, Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida Timur Kapadze oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!