Kim qoldi? Badavlat klub yana bir yetakchisidan ayriladi
Mahoratli yarim himoyachi Joelinton joriy yozda &ldquo,Nyukasl&rdquo,ni tark etishi mumkin bo'lgan navbatdagi yirik futbolchiga aylanishi ehtimoli bor.
Bu yozda &ldquo,Nyukasl&rdquo, allaqachon Entoni Gordon va Sandro Tonalidan ayrildi. Shuningdek, Bruno Gimaraes ham &ldquo,Arsenal&rdquo,ga o'tish arafasida ekani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bundan tashqari, &ldquo,Nyukasl&rdquo,ni boshqargan mashhur mutaxassis Eddi Xau o'z xohishiga ko'ra klubni tark etganini rasmiy tasdiqladi.
The Guardian ma'lumotiga ko'ra, endilikda &ldquo,Nyukasl&rdquo, yosh futbolchilarga tayanishni rejalashtirmoqda va Joelinton bo'yicha boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Shu oyda 30 yoshga to'ladigan Joelinton Yaqin Sharq klublaridan juda jozibador taklif olgan va uni qabul qilishga tayyorligi aytilmoqda.
Joelinton 2019 yildan buyon &ldquo,Nyukasl&rdquo, safida to'p surib kelmoqda. O'tgan mavsumda u Premyer-ligada 27 ta, Chempionlar ligasida esa 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar