Kosielni faoliyatini vatanida davom ettiradi

  • 22.07.2019 08:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Loran Kosielni jamoadan ketishga juda yaqin turibdi.

RMC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchining yangi jamoasi "Renn" klubi bo‘ladi. Kosielni aynan mana shu frantsuz klubi bilan kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Loran Kosielni “Arsenal” bilan yangi mavsum yig‘iniga borishdan bosh tortdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Kosielni “Arsenal” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jami 353ta o‘yinda maydonga tushdi va 27ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!