La Liga. “Betis” “Elchе”ni taslim etib, YEChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
La Liganing 36-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
“Real Betis” o‘z uyida “Elche”ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab, 9-daqiqada Kučo Ernandes hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqada Ektor Fort orasidagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan so‘ng katta sahnaga Pablo Fornals chiqdi. Futbolchi 68-daqiqada gol urib, mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, “Betis”ning ochkolari soni 57 taga yetdi va Manuel Pellegrini shogirdlari chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
- Ispaniya - La Liga
- Muntazam mavsum
Real Betis
- Cucho Hernández 9'
- Pablo Fornals 68'
Tugadi
2
:
1
12.05.2026 23:00
Elche
- Héctor Fort 41'

Fikrlar