Levandovski "Milan"ga o‘tishi mumkin!
"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Italiyaning "Milan" klubiga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda "Sky Sport" nashri.
Manbaning xabar berishicha, "Milan" maslahatchisi Zlatan Ibragimovich Levandovski bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda. Levandovskining o‘zi Chempionlar Ligasida o‘ynashni davom ettirishni istagani sababli yirik klublardan takliflarni qabul qilishga tayyor. Polshalik futbolchi kelasi yozda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, b mavsumda 37 yoshli forvard barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Transfermarkt hujumchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar