Luis Enrique “Real”ni boshqarishga tayyor, lekin uning katta sharti bor

  • 20.01.2026 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen”ni klub tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan bosh murabbiy Luis Enrique faoliyatini yana Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Yangi murabbiy qidirayotgan “Real” ro‘yxatida Luis Enrique ham bor. Shu bois, bu mutaxassis 2026 yilning yozida Parijni tark etib, Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, Enrikening o‘zi madriddiklarning qizishi borligidan xabar dor, u “Real”ni boshqarishga tayyor, ammo o‘ziga yarasha bir sharti bor.

Unga ko‘ra, Luis Enrique futbolchilar, transferlar va sportga oid qarorlar ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lishi kafolatlansagina “Real”ni qabul qilib oladi.

Enrique 2014–2017 yillarda “Barselona”ni muvaffaqiyatli boshqargan va jamoa bilan Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, ikki marta Ispaniya chempionligi, uch marta mamlakat kubogi va bir marta Superkubokni qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!