Luis Enrikinig bu ligaga "tishi oʻtmaydi"

  • 19.01.2026 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2023 yildan beri “Pari Sen-Jermen”da muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Luis Enrikeni Yevropaning bir necha grand klublari bosh murabbiylikka ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

PSJni ilk bor Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan Luis Enrikeni “Manchester Yunayted” ham bosh murabbiylikka chaqirayotgani haqida xabarlar chiqdi. Biroq manchesterliklar bu ma’lumotlarni inkor qildi.

Luis Enrikening Angliya Premier-ligasida ishlash tajribasi yo‘qligi tufayli “Manchester Yunayted” ispaniyalik mutaxassisni jamoaga jalb qilmoqchi emas. Qolaversa, uning PSJ bilan shartnomasi hali davom etayotgani ham hamkorlikka to‘siq bo‘lmoqda.

Bu haqida jurnalist Aleks Kruk xabar bergan.

Qayd etilishicha, manchesterliklar bosh murabbiylikka Maurisio Poçettino nomzodini yuqori baholayapti. Argentinalik murabbiy 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin APLga qaytishi mumkin. Hozir u AQSh terma jamoasini boshqarmoqda.

Joriy mavsum oxirigacha “Manchester Yunayted”ga jamoaning sobiq futbolchisi Maykl Kerrik boshqaradigan bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!