Manchester klubini kim boshqaradi?

  • 06.01.2026 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Dunyodagi eng nufuzli insayderlardan biri David Ornshteyn (The Athletic) Ruben Amorim ishdan olinganidan so‘ng “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga ikki asosiy nomzod borligini aytdi.

Jurnalistga ko‘ra, agar klub tayinlovni yozga qoldirishga qaror qilsa, Tomas Tuxel va Roberto De Dzerbi yetakchi nomzodlar hisoblanadi.

Ayni paytda Tuxel Angliya terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, 2026 yildagi jahon chempionatida jamoa bilan ishlaydi.

De Dzerbi esa “Marsel”ni boshqarib, Frantsiya chempionatida yuqori natijalar qayd etmoqda.

Har ikki mutaxassis ham hozirning o‘zida muammolar girdobida bo‘lgan “Manchester Yunayted” uchun tayyor ish joyini tashlab ketishga ko‘nmaydi. Shu bois, “Old Trafford” rahbariyati bu masalani yozda hal qilishga e’tibor qaratadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!