“Manchester Siti” “Real”ning superyulduzini so‘rayapti
“Real Madrid” yarim himoyachisi Federico Valverde faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Migel Serrano ma'lumotiga koʻra, urugvaylik futbolchiga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda.
Ikki hafta avval “shaharliklar” “Qirollik klubi”dan tajribali futbolchining transfer ma'lumotlari va uni olish imkoniyatlari haqida soʻragan.
Hozircha, “Manchester Siti”dan rasmiy taklif yoʻq, ammo vaziyat istalgan payt oʻzgarishi mumkin.
“Real”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Valverdega katta ishonch bildiryapti va uni jamoa sardorligini aynan urugvaylik futbolchiga topshirdi.
Biroq madridliklar jozibali taklif tushsa va beriladigan summa 100 million evrodan oshsa, xaridorlar bilan muzokara olib borishga tayyorligi aytilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Federico Valverde “Real” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Fikrlar