Manchesterliklar to‘rtta zo‘r o‘yinchini nishonga oldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati braziliyalik legioner Kazemiro o‘rniga kelasi transfer oynasi davrida sotib olinishi rejalashtirilayotgan to‘rt nafar kuchli yarim himoyachi nomzodini belgiladi.
The Sun nashrining ma'lum qilishicha, bu ro‘yxatga “Nottingem Forest”dan Elliot Anderson, “Bornmut”dan Aleks Skott, “Kristal Pelas”dan Adam Uorton va “Brayton”dan Karlos Baleba kiritilgan.
Baleba joriy transfer oynasida ham “Manchester Yunayted” diqqat markazida bo‘lgan, ammo klub rahbariyati qishda kamerunlik futbolchini imzolash imkoniyatini istisno qilgan.
Klub skautlari uchun tayanch yarim himoyachi topish kelasi mavsum oldidan ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Yaqinda Kazemiro mavsum oxirida, shartnomasi tugagach, “Manchester Yunayted”ni tark etishi e'lon qilindi. Yarim himoyachi klubdagi to‘rtinchi mavsumini o‘tkazmoqda, hozirga qadar 146 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol urgan. U jamoa bilan 2023 yilda Angliya Liga Kubogini va 2024 yilda Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar