Marselo: “Yuventus” Ronalduni sotib olib, EChLda g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirdi

  • 10.08.2019 13:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Yuventus”ning Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyatlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Italiyada boy tarixga ega qiziqarli chempionat bor. “Yuventus” Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga yaqin kelgan edi, ammo endi bu musobaqada chempion bo‘lish unchalik oson emas. Lekin, “Yuventus” Ronalduni sotib olib, EChLda g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirdi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” o‘tgan mavsum chorak finalda “Ayaks”ga imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!