Marten Furkad: Men juda kuchliman

Germaniyaning Rupolding shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi beshinchi bosqichining dastlabki poygasida erkaklar individual(shaxsiy) poygada bahslashdi.

20 km. masofaga o‘tgan poygada frantsiyalik Martin Furkad marraga birinchi etib keldi. Shuningdek, chexiyalik Andrey Moraves bahsni ikkinchi bo‘lib yakunlagan bo‘lsa, norvegiyalik Yoxannes Byo finish chizig‘ini uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Jahon kubogining umumhisobida Furkad 612 ochko bilan birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, Yoxannes Byo 562 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Slovakiyalik Yakub Fak 399 ochko bilan ularni ta’qib qilmoqda.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!