Mashhur klub evrokuboklardan chetlatiladi
Frantsiyaning mashhur “Marsel” klubi kelasi 2026-2027 yildgi mavsumda evrokuboklardan chetlatilish xavfi ostida turibdi. Bu haqida L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, “Marsel”ning so‘nggi uch mavsumdagi zarari 157 million yevroga yetgan.
Shu bilan birga 2022 yilda marselliklar UEFA bilan moliyaviy feyr-pley qoidalariga muvofiq moliyaviy muvozanatga erishish majburiyatini olgan. Ushbu kelishuv uch mavsum davomidagi maksimal zarar 60 million yevrodan oshmasligini nazarda tutgan.
Ta'kidlanishicha, UEFA shu hafta “Marsel” ishini ko‘rib chiqadi.
Marselliklar Frantsiya chempionatini 59 ochko bilan beshinchi o‘rinda yakunladi va bu pozitsiya ularga UEFA Yevropa Ligasida qatnashish huquqini bergan edi.

Fikrlar