Maskerano: "Messi 900 ta golga yaqinlashmoqda — bu aqlbovar qilmas natija"
Xavier Maskerano Lionel Messining faoliyatidagi yana bir ulkan marra haqida fikr bildirdi. Afsonaviy hujumchi 900 ta gollik chegara juda yaqin qoldi — unga bu natijaga yetish uchun yana ikki marta gol urish kifoya.
“Men imtiyozli tomoshabinman, xolos. Uning gol urishiga deyarli yordam bermaganman — na golli uzatma bilan, na murabbiy sifatida. Ammo uning ko‘plab gollarini boshqalarga nisbatan ancha yaqinidan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu men uchun katta imtiyoz.
Biz aqlbovar qilmas raqam haqida gapiryapmiz. Shuning uchun ham Leo o‘ziga xos va yagona futbolchi”, — dedi "Inter Mayami" bosh murabbiyi Maskerano.
Fikrlar