Mbappe Luis Enrike bilan munosabatlari haqida gapirdi
Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi.
"Biz yaqinda PSJ va "Lill" o‘rtasidagi o‘yinda uchrashdik. Enrike juda yaxshi inson va ajoyib murabbiy. U bilan munosabatlarim yaxshi, unga faqat yaxshilik tilayman. U bilan ishlash menga yoqqan", — deydi Mbappe "Movistar" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan yil yozda PSJdan "Real"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. 26 yoshli frantsiyalik forvard "qirollik klubi" bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar