Mbappeni “Liverpul”ga joylamoqchi bo‘lishdi

  • 29.09.2026 09:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning «Real Madrid» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2017 yilda «Liverpool»ga o‘tishga yaqin kelganini tasdiqladi.

O‘tgan yozda «Liverpool»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mbappe bilan samolyot bortida maxfiy muzokaralar olib borganini eslagan edi.

Mbappening aytishicha, «Liverpool» haqiqatan ham uni qiziqtirgan, ayniqsa uning onasini. Shunga qaramay, Kilian «Monako»dan PSJga o‘tishni afzal ko‘rgan.

«Men qaror qabul qilishim kerak edi. Ha, men “Liverpool”ga o‘tishga yaqin edim. Onam Yurgen Kloppning katta muxlisi edi va u uchun eng ma’qul yo‘nalish “Liverpool” bo‘lgan. U mening o‘sha yerga o‘tishimni xohlagan.

U birinchi qadamni o‘zi tashlab, muzokaralar uchun o‘sha yerga bordi. Shaharni, stadionni ko‘rdi, odamlar bilan uchrashdi. Shundan keyin u: “Bu ajoyib klub, hamma juda mehribon, bu oilaviy klub, buyuk klub”, dedi.

U “Enfild”ga borib, unga oshiq bo‘ldi. Men o‘sha stadionda o‘zimni tasavvur qilishim uchun u bir o‘zi bir nechta o‘yinga borib, muhitni his qildi.

Esimda, biz samolyotda edik, u (Klopp) o‘z loyihasini tushuntirayotganda samolyot osmondа aylanib uchardi. Men: “Meni ko‘ndirishingiz shart emas. Siz Yurgen Kloppsiz, bu — “Liverpool”, buyuk klub. Men bu yerda ekanman, demak, menda qiziqish bor. Ammo mening boshqa variantlarim, boshqa loyihalarim ham bor va ular ham yaxshi”, dedim.

Bu kulgili hikoya. Ammo oxir-oqibat PSJga o‘tishga qaror qildim, chunki men Parijda tug‘ilib, o‘sganman. O‘zim tug‘ilib o‘sgan shahrimda yulduzga aylana olishimni ko‘rsatishdan yaxshiroq his bo‘lmagan», — dedi Mbappe The Athletic nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!