Men kelganimda, “Liverpul” hech kimga, hatto o‘yinchilarning o‘ziga ham yoqmasdi
“Liverpul”ni Angliya Premer-ligasining eng qudratli jamoalaridan biriga aylantirgan germaniyalik tajribali murabbiy Yurgan Klopp klub haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
- “Liverpul”ga bosh murabbiy sifatida kelganimda bu jamoa va uning o‘yinchilari hech kimga yoqmas edi. Futbolchilarning o‘zi ham jamoani yoqtirmasdi. Lekin men boshqacha fikrda edim.
Shaxsan o‘zimga bu jamoa o‘yinchilari ma’qul keldi. Ayniqsa, Firmino, Benteke, Origi, Xenderson atrof tanqidlarga to‘lgan paytda g‘am menga yoqardi.
Jamoada asosiy tarkibga loyiq va qattiq ishlashga tayyor bo‘lgan futbolchilarni ko‘rdim. Menga yulduzlar bilan to‘lib-toshgan jamoa berilmasligini yaxshi anglardim. O‘sha darajaga chiqadigan jamoani o‘zimiz quramiz, deb ishga kirishgandim, - dedi Yurgan Klopp.
Klop “Liverpul”ni 2015-2024 yillar davomida muvaffaqiyatli boshqardi. Uning qo‘l ostidagi jamoa 2019-2020 yillarda Evropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar