Monchi ham "Roma"dan ketdi

  • 08.03.2019 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi sport direktori Ramon Monchi yaqin soatlar ichida o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar bugun, 8 mart kuni o‘zaro shartnomani bekor qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Roma” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko ham iste’foga chiqarilgan edi.

Ma’lumot uchun, 50 yoshli Monchi “Roma” safida 2017 yilning aprelidan buyon faoliyat olib borayotgan edi. Uning yangi ish joyi Londonning “Arsenal” klubi bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!