Neymar uzoqlarga ketmoqchi

  • 26.06.2023 14:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Neymar kelajak faoliyati haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Futbolchining hayoti o‘zgaruvchan. Ba’zan siz bir joyda bo‘lasiz, lekin hamma narsa o‘zgarib ketadi.

Men endi yana Braziliyada to‘p tepishni orzu qila boshladim. “Santos” safida o‘ynashni istayman. Bir kuni kelib, shunday bo‘ladi. Futbol syurprizlarga to‘la, - dedi Neymar.

31 yoshli hujumchi ayni paytda jarohatini davolatmoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.

PSJ shu yoz braziliyalik yulduzni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Neymar ham matbuot va muxlislar bosimi tufayli klubni tark etishga qarshi emasligini bildirgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!