N’golo Kante Superliga klubi bilan kelishib oldi
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi yarim himoyachisi N’golo Kante "Fenerbahche"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi allaqachon turk klubi bilan shaxsiy shartnoma bayicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Hozir klublar miqyosida muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, "Al-Ittihod" ham fransuz futbolchisini jamoada olib qolishga harakat qilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Serjiyu Konseyssau Kanteni asosiy ijrochi sifatida ko‘radi.
Kante 2023 yilning yozida "Chelsi"dan erkin agent sifatida Saudiya klubi safiga kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda klub miqyosida 22ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar